Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanidagi istirohat bog‘i qurilishiga 40 million dollar ajratiladi
Toshkent shahrida EOAVMA va Taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan “Xalq bilan muloqot” tok-shousining yangicha formatdagi soni o‘tkazildi. Unda Prezident tomonidan qabul qilingan qarorlar, hafta davomida dolzarb bo‘lgan masalalarga oid ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Shayxontohur tumani hokimiyati vakili tuman hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ma'lumot bergan.
Xususan, Beltepa va Jarariq ko‘chalari kesishgan joyda barpo etilayotgan ko‘ngilochar istirohat bog‘i loyihani amalga oshirish uchun birinchi bosqichda 18 million dollar, ikkinchi bosqichda 22 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilishi mo‘ljallanmoqda. Ma'lum qilinishicha, istirohat bog‘ida umumxalq bayramlari, ommaviy tomoshalar, konsert dasturlari, ko‘rgazma va forumlar, sport musobaqalari o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Bog‘ning birinchi bosqichini 2018 yilda, ikkinchi bosqichini 2019 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ko‘ngilochar bog‘ to‘liq ishga tushgach, 500 ga yaqin kishi ish bilan ta'minlanadi. Bog‘ hududi 10 gektar bo‘lib, bu yerda ko‘ngilochar maskanlar, zamonaviy attraksionlar, bionik ayvonlar, qishki bog‘, charxpalak, musiqali favvoralar, skeytbord va chang‘i uchish joylari, velosiped yo‘laklari, istirohat bog‘i bo‘ylab dor yo‘li, kafelar, 5 qavatli avtomobillar turar joyi qurilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Toshkentning Islom Karimov ko‘chasida 3,5 ming o‘rinli Universal sport saroyi, Maxtumquli ko‘chasida Ashxobod bog‘i, Shayxontohur tumanida zamonaviy savdo markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Yozuvchilar uyushmasi binosini qurish bo‘yicha loyihalar ham ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
08:01 / 27.04.2026
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
18:06 / 03.03.2026
Toshkentda umumiy maydoni 140 gektarlik yangi parklar tashkil etiladi
17:27 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi
17:21 / 30.04.2025