Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Tramp o‘z va'dalarini "yutib yuborganini" aytdi
Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida bergan va'dalarining ko‘pini "yutib yuborganini" aytdi.
"Trampning saylanishi prezident qaror qabul qiluvchi shaxs emas, balki faqatgina ijrochi ekanligini yana bir bor isbotladi. Tramp saylangandan keyin saylovoldi kampaniyasi vaqtida faol ravishda ilgari surgan va'dalari va so‘zlarining ko‘pini "yutib yubordi", deb ma'lum qildi Asad WION telekanaliga bergan intervyusida.
Asadning ta'kidlashicha, Tramp "bergan va'dalarini 180 gradusga burib yuborgan". Biroq Asad Tramp aynan qanday va'dalarini bajarmaganiga aniqlik kiritmagan.
Tramp saylovoldi nutqlarida ustuvor vazifalardan biri sifatida IShIDga qarshi kurashni aytib o‘tgandi.