Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
Uzasiaexport savdo platformasi orqali O‘zbekiston tarixida ilk bor Samarqand viloyatidan 19 tonna mayiz va turshak Daniyaning yirik Eurofoods Aps kompaniyasiga eksport qilindi, bu esa mamlakat uchun Yevropa bozorlariga chiqishda yangi imkoniyatlar ochdi.
Foto: “Dunyo” AA
Uzasiaexport savdo platformasi orqali O‘zbekiston tarixida ilk bor Daniyaga oziq-ovqat va quruq meva mahsulotlari yuborildi. Bu haqda “Dunyo” muxbiri xabar bermoqda.
Daniyaga eksport qilingan partiya Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan korxona tomonidan yetkazib berildi. Mazkur shartnoma Daniyaning oziq-ovqat importi bilan shug‘ullanuvchi yirik Eurofoods Aps kompaniyasi bilan tuzilgan.
Eksport doirasida umumiy og‘irligi 19 tonnani tashkil etuvchi mayiz va turshak mahsulotlari yuborildi. Ular sifat ko‘rsatkichlari, ekologik tozaligi hamda xalqaro standartlarga to‘liq muvofiqligi asosida tanlab olingan.
O‘zaro muzokaralar, bozor tahlillari va logistika jarayonlari samarasi o‘laroq ushbu eksport bitimi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston uchun yangi savdo bozoriga chiqish imkoniyatini yaratdi hamda mamlakat eksport geografiyasini yana bir davlat — Daniya hisobidan kengaytirdi.
Mavzuga oid
15:15 / 09.02.2026
O‘zbekiston eksportida Rossiya va Xitoy yetakchi bozorlar bo‘ldi
15:10 / 07.02.2026
Ukraina - Germaniyadan qurol-yarog‘ olayotgan eng muhim qabul qiluvchi davlat
11:06 / 03.02.2026
O‘zbekistondan Pokistonga anor, uzum va olxo‘ri eksporti bo‘yicha talablar belgilandi
17:08 / 02.02.2026