Londonlik teraktning ertasiga restoranga qaytib, hisob-kitob qilib ketdi
Londondagi Boro bozorida joylashgan restoranda ovqatlanayotganda terakt guvohi bo‘lgan britaniyalik siyosiy faol Richard Enjyell ertasi kuni restoranga taom haqini to‘lagani va ofitsiantlarga choychaqa qoldirgani keldi. Bu haqda BuzzFeed nashri xabar bermoqda.
"Restoran xodimlari o‘zlariga yordam berish o‘rniga mijozlarga yordam ko‘rsatdilar. Buning ustiga taom a'lo darajada edi", deb aytdi "Taraqqiyot" siyosiy tashkiloti direktori Enjyell.
Enjyell Arabica Bar & Kitchen tamaddixonasida do‘stlari bilan hordiq chiqarayotganda, bozorga mashinada terrorchilar kelgan. Enjyellning aytishicha, u ko‘chada qonga belangan odamlarni ko‘rgan va o‘q ovozlarini eshitgan. Uning aytishicha, shundan keyin restoranda sarosima boshlangan. "Biz qo‘riqchilar shoshgancha eshiklarni yopishayotganini ko‘rdik, ular bizga polga yotishni buyurishdi", deb eslamoqda erkak.
Enjyellning ta'kidlashicha, politsiyachilar va tibbiy xodimlar voqea joyiga "darhol yetib kelishgan va a'lo darajada harakat qilishgan". Uning aytishicha, politsiyachilar bir necha daqiqadan keyin bozor va yaqin oradagi binolardan odamlarni evakuatsiya qila boshlangan. Biroq shanba sababli ko‘pchilik mast holda bo‘lgani vaziyatni murakkablashtirgan. Ba'zi odamlarni qo‘lda olib chiqishga to‘g‘ri kelgan.
3 iyun kuni kechki vaqt Londonda terrorchilar oq furgonda London ko‘prigida odamlarni bosib ketib, so‘ngra Boro bozoriga yo‘l olishgan. Terrorchilar bu yerda mashinalardan chiqib, pichoqlar bilan odamlarga hujum qilishgan. Ushbu terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi yaralangan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, shifoxonalarda 20 dan ko‘proq odam og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid
20:02 / 31.10.2024
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024