Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey: Terrorchilar mafkurasi islom va haqiqatni buzib ko‘rsatadi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey yakshanba kuni mamlakatdagi so‘nggi teraktlar bir-biriga bog‘liq emasligi, biroq ularni bir mafkura bog‘lab turgani haqida ma'lum qildi. "Interfaks" shu haqida xabar berdi.
"So‘nggi hujumlar bir tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bir muhim jihatdan bog‘langan. Ularni islom ekstremizmining yovuz mafkurasi birlashtiradi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mafkura erkinlik va inson huquqi kabi g‘arbiy qadriyatlarni tan olmaydi. "Bu mafkura islom va haqiqatni buzib ko‘rsatadi", - deya ta'kidladi bosh vazir.
Mey bunday mafkuralar ustidan g‘olib bo‘lishni "zamonamizning eng muhim vazifalaridan biri" deb atadi, biroq faqat harbiylar va aksilterror amaliyotlar bilan ularni mag‘lub qilib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, Mey so‘nggi teraktlarga qaramay, Buyuk Britaniyadagi parlament saylovlari rejalashtirilganidek 8 iyunda bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi. "Hech qachon zo‘ravonlik demokratik jarayonlarni to‘xtatib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak", - dedi u.
Shanba kuni kechqurun noma'lum kimsalar yuk mashinasida katta tezlikda London ko‘prigida yo‘lovchilarni bosib ketishgan. Shundan so‘ng ular yaqin oradagi Boro bozoriga borib, avtomobildan chiqib, ovchi pichoqlar bilan yo‘lovchilarga hujum qilishgan. Politsiya mazkur voqeani rasman terakt deb tan oldi. Londonning terorizmga qarshi kurash bo‘limi rahbari Mark Roulining aytishicha, hujumchilar 3 nafar bo‘lgan va ularning bari yo‘q qilingan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt qurbonlari soni 7 nafarni tashkil qilgan, 50 ga yaqin kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026