Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy: Hindiston va Pokistonning a'zoligi ShHTni yanada mustahkamlaydi
Hindiston va Pokistonga Shanxay hamkorlik tashkilotida to‘laqonli a'zolikni taqdim etish jarayonining yakunlanishi uning nufuzini mustahkamlaydi. Bu haqda Xitoy TIV rahbari yordamchisi Li Xueylay ma'lum qildi.
"Hindiston va Pokiston tashkilotga qo‘shilish jarayonini yakunlashmoqda va uning a'zolariga aylanishadi, - dedi u. – Bu ShHTning nufuzi mustahkamlanishi va uning dunyodagi ta'sir darajasining ortishiga olib keladi".
Li Xueylayning qo‘shimcha qilishicha, dunyodagi beqaror vaziyat, jahon iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari pasayishi va terrorchilik tahdidining oshishi tufayli tashkilotda “rivojlanishning yangicha imkoniyatlari ham, chaqiriqlar ham” bor.
Xitoy TIV rahbari yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, Eron ham ShHTning to‘laqonli a'zosiga aylanishi darkor.
"Eron ShHTda kuzatuvchidir, tadbirlarda ishtirok etadi va tashkilot ishiga faol hissa qo‘shdi. Xitoy bunga ijobiy baho beradi, shuningdek, uning to‘laqonli a'zolikka kirishini ma'qullaydi va qo‘llab-quvvatlaydi", - deya ma'lum qildi u.
Li Xueylayning ta'kidlashicha, Eron “ShHT qoidalari va tashkilotga a'zo mamlakatlari kelishuvlariga muvofiq” ShHTda to‘laqonli a'zolikni olishi mumkin.
Kutilishicha, 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida Hindiston va Pokistonga to‘laqonli a'zolik taqdim etilishi ehtimolga yaqin.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026