Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ShHT sammiti oldidan Eronning tashkilotga qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
Xitoy tashqi ishlar vazirining yordamchisi Li Xuelay Ostonada 8-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti arafasida Xitoy Eronning tashkilotga a'zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Eronning tashkilotga qabul qilinishi masalasi ShHT a'zolari tomondan sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi.
Xitoy raisi Si Tszinpin ham sammitda ishtirok etadi. Si Tszinpin o‘tgan yil Eronga tashrifi vaqtida Xitoy Tehronning ShHTda to‘laqonli a'zo bo‘lishi borasidagi arizasini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.
"Eron ShHTda kuzatuvchi davlatdir. Uzoq vaqt davomida Eron ShHT doirasida o‘tkaziluvchi muhim tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Eron tashkilotni rivojlantirishga ijobiy hissa qo‘shgan. Xitoy buni yuqori baholaydi. Xitoy Eronning ShHTda to‘laqonli a'zoligi bo‘yicha istagini qutlaydi va qo‘llab-quvvatlaydi", deb aytdi Li Xueylay sammitga bag‘ishlangan maxsus brifingda.
Xitoylik diplomat Eronning tashkilotga a'zo bo‘lishi masalasi ShHTning mavjud qoidalariga qat'iy amal qilingan holda va barcha tomonlarning maslahatlashuvi asosida ko‘rib chiqilishini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
20:05 / 15.07.2026