Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XMT Jyenevada mehnat munosabatlarini muhokama qiladi
5 iyun kuni dunyoning 187 mamlakati hukumatlari, kasaba uyushmalari va tadbirkorlari Jyenevada to‘planishadi. Bu yerda 106-Xalqaro mehnat konferensiyasining sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro Mehnat tashkilotining oliy organi hisoblanuvchi ushbu an'anaviy forum ishtirokchilari mehnat migratsiyasi, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash choralarining bandlikka ta'siri, ayollar va erkaklarning ish joylarida tengligini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilinadi. Konferentsiyada O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov, Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev ishtirok etadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Anjumanda XMT bosh direktori Gay Rayder "O‘zgarib borayotgan shartlarda mehnat: Yashil tashabbus" nomli ma'ruza qilishi kutilmoqda. U iqlim o‘zgarishlarining mehnat sohasiga ta'siriga bag‘ishlangan. XMT, xususan, atrof-muhitni haddan tashqari ifloslantiruvchi, shuningdek, energiyani ko‘p sarflovchi va ko‘p materiallar talab qiluvchi sohalardagi ishlab chiqarishlar asta-sekin barham topishini kutmoqda. Shu bilan bir vaqtda, dunyoning turli burchaklaridagi aksar mehnatkashlar "yashil iqtisodiyot" talablariga moslashishlariga to‘g‘ri keladi. Jyenevada ushbu masala bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan plenar muhokamada yangi iqtisodiy sharoitlarga "adolatli o‘tishni ta'minlash"ga doir tavsiyalar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
16 iyungacha o‘z ishini davom ettiruvchi anjumanda, tabiiy ofatlar va ziddiyatlar bo‘layotgan mintaqalarda bolalarni mehnatdan muhofaza qilish muammosi ham e'tibordan chetda qolmaydi. Bu mavzudagi munozaralar 12 iyun kungi Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etadi. "Yuqori darajada"gi majlis 15 iyunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda hukumatlar vakillari, kasaba uyushmalari rahbarlari va tadbirkorlik birlashmalari "Mehnat dunyosida ayollar"ni ham muhokama qiladi. Bundan tashqari, forumda XMTning dolzarbligini yo‘qotgan 6ta konvensiyasini bekor qilish, 71-Tavsiyaga (urushdan tinchlikka o‘tish davrida bandlik masalalarini hal etish) o‘zgartishlar kiritish ham muhokama qilinadi.
XMT – BMT tizimining maxsus idorasi bo‘lib, ijtimoiy adolat, xalqaro tan olingan iinson huquqlari va mehnat sohasidagi huquqlarni ilgari surish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:27 / 19.02.2026