Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar hukumati: xalqaro hamjamiyat bilan terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlik davom etadi
Qatar hukumati terrorizmni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ayblovlarga javoban ma'lum qilishicha, jahon hamjamiyati bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishda davom etadi. Bu haqda “Al-Jazira” telekanali xabar qilgan.
Dushanba kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalar uzilganini ma'lum qilib, Dohani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishda ayblashdi. Liviyaning sharqiy qismi hukumati, Yaman hamda Maldiv ham Qatar bilan munosabatlar to‘xtatilganini ma'lum qildi.
"Biz xalqaro hamjamiyat bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishda davom etishimizni yana bir karra tasdiqlaymiz", - deya Qatar vazirlar mahkamasi bayonotidan istibos keltiradi kanal. Doha AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning sherigi hisoblanadi.
Hukumatning ta'kidlashicha, Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari hamkorlik Kengashi prinsiplariga sodiq bo‘lib qoladi va havo hamda dengiz hududini import va insonlar harakatlanishi uchun ochiq qolda saqlaydi.
"Biz odatiy hayotni ta'minlash uchun barcha kerakli choralarni ko‘rdik", - deya qayd etishgan hukumatdagilar.
Misrning Youm7 portali guvohlarga asosan xabar berishicha, Qatar aholisi qator arab mamlakatlari bilan munosabatlar uzilganini eshitib, mahalliy do‘konlardan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini vahimada sotib ola boshlashgan. “Al-Jazira” telekanalining xabar tarqatishicha, Saudiya Arabistoni-Qatar chegarasi yaqinida katta yuk mashinalari to‘plana boshlagan, ular Qatar hududiga kira olmayapti.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026