Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: NATO Yevropada kuchlar muvozanatini buzishga urinmoqda
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, NATO alyansi Yevropani beqarorlashtirmoqda va harbiy salohiyatini kuchaytirmoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar qilgan.
«NATOning so‘nggi sammitlarida qabul qilingan qarorlardan so‘ng, biz shuni qayd etishga majburmiz, Yevropada mavjud muvozanatni buzishga urinish, sovuq urush davri tugaganidan keyingi davrda ilk marta harbiy salohiyatni kuchaytirish, harbiy-mashg‘ulot faollik qamrovini kengaytirish, Amerika RQM tizimini barpo ettirishni davom ettirish Yevropa mintaqasidagi vaziyatni izdan chiqarmoqda», — degan Lavrov.
Vazirning qayd etishicha, u bu mavzuni o‘zining belorussiyalik hamkasbi Vladimir Makey bilan muhokama qiladi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiyaning NATOga kirishini AQShga taklif qilganini aytgan edi.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
11:20 / 15.07.2026