Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Senati Hillari Klintonga qarshi yangi tergov o‘tkazmoqda
Foto: Reuters
AQSh Senati huquqiy qo‘mitasi rahbari Chak Grassli mamlakatning sobiq davlat kotibi Hillari Klintonga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu haqda Daily Caller yozmoqda.
Gap mamlakat prezidentligiga sobiq nomzodning Bangladeshda tadbirkor Muhammad Yunusga qarshi korrupsiya mojarosini yopdi-yopdi qilishga urinishi haqida bormoqda. Nashrning yozishicha, Klinton go‘yoki, tergovni to‘xtatishni talab qilib mamlakat bosh vaziriga bosim o‘tkazgan.
Muhammad Yunus Clinton Foundation jamg‘armasi homiysi va Klintonlar oilasining yaqin do‘stlaridan biri hisoblanadi.
Grassli davlat kotibi Reks Tillersondan ikki hafta ichida ushbu ishga doir barcha hujjatlarni qo‘mitaga topshirishni talab qilgan.
Bu 2016 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyingi Hillari Klintonga nisbatan olib borilayotgan ilk surishtiruvdir. Bundan tashqari, Senat sobiq davlat kotibining shaxsiy elektron pochtasidan foydalangan holda xizmat yozishmalarini olib borganini ham o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
23:01 / 30.04.2026
Mujtaba Xominaiy: amerikaliklarning joyi Fors ko‘rfazining tubida
22:11 / 30.04.2026
Tramp yana Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
18:11 / 30.04.2026