Jahon | 08:31 / 05.06.2017
22682
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni va Bahrayn Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Saudiya Arabiston va Bahrayn hukumati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish haqida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Bahrayn Qatarni ichki siyosatga aralashishda ayblagan. Ta'kidlanishicha, Bahrayn Qatar bilan transport, dengiz va havo qatnovini 24 soat ichida to‘xtatadi.

Shu bilan birga, Qatar fuqarolariga Bahraynni tark etish uchun 14 kun berildi.

O‘z navbatida Saudiya Arabistoni Qatar bilan diplomatik va konsullik aloqalarini “xalqaro huquq tomonidan kafolatlangan suveren huquq asosida va milliy xavfsizlikni terrorizm hamda ekstremizmdan himoya qilish maqsadida” uzgan.

Mavzuga oid