Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyadagi terakt ijrochisi Rahmat Oqilovga hanuz rasmiy ayblov qo‘yilmagani ma'lum bo‘ldi
Yevropa OAVning xabar berishicha, Shvetsiyaning TV-4 kanalida uzatiluvchi "Kalla Fakta" dasturi "o‘z ishini uddalay olmagan o‘zbek siyosiy qochqini" Rahmat Oqilovning ishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Oqilov joriy yilning 7 aprelida Stokholmda yuk mashinasida yo‘lovchilar ustiga bostirib borgan, natijada 5 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Oqilov sodir etilgan teraktga iqror bo‘lgan.
"Shvetsiya politsiyasi teraktlarning oldini olishi mumkinmidi?", - deya savol bilan yuzlanadi "Kalla Fakta dasturi. Shved jurnalistlarining fikricha, "Oqilov salohiyatli terrorchi ekanligiga oid barcha belgilar" bo‘lgan.
Tergov R.Oqilovning Shvetsiyaga 2014 yilda siyosiy boshpana izlab kelganini ko‘rsatgan. U giyohvand moddalar iste'mol qilgan, bir necha soxta nomlar ostida yashagan. O‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida IShID terrorchi tashkilotini ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlagan, uning do‘sti esa shu tashkilotga boshqalarni jalb qilish bilan shug‘ullangan. Oqilov Stokholmda yashagan uy tergov ostida bo‘lgan, terrorizmga homiylik qilgan kompaniyaga tegishli bo‘lgan. Biroq shved politsiyasi tergov o‘tkazib, aniq dalillarni topa olmagan.
Shunisi qiziqki, R.Oqilov teraktni sodir etganligiga iqror bo‘lgan, biroq shved jurnalistlarining ta'kidlashlaricha, unga nisbatan hanuz rasmiy ayblovlar qo‘yilmagan. Shved politsiyasi tergoviga bir yil vaqt ketishi mumkin.
Eslatib o‘tish joizki, yaqinda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri A.Azizov jurnalistlarning Yevropadagi teraktlar seriyasida fuqarolarning ishtirokiga doir savollariga javob berar ekan, mamlakatning tegishli idoralari jamiyat uchun xavfli hisoblangan va qidiruvda bo‘lgan kishilar haqidagi barcha zarur ma'lumotlarni yevropalik hamkasblariga yetkazib berishayotgani haqida ma'lum qilgandi. Biroq qandaydir sabablarga ko‘ra, bu shaxslar Yevropada qochqin sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holatlari qayd etilmoqda.
Mustaqil siyosatshunos
Erkin Ilhomov
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
16:46 / 24.05.2026