Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidenti Rossiya va Eronni dunyoga eng katta xavf soluvchi mamlakatlar deb atadi
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Rossiya va Eron hamda terrorizmni dunyoning eng katta tahdidlari, deb atadi. Ular bilan kurashda AQSh o‘zining NATOdagi ittifoqdoshlariga yordam beradi. Bu haqida u Atlantic Council tahlil markazida so‘zlagan nutqida ma'lum qildi.
"Rossiyaning xalqaro chegaralarni kuch bilan yopish yo‘lidagi harakatlari va Eronning Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlari, shuningdek istalgan vaqtda har qanday nuqtada zarba berishi mumkin bo‘lgan terrorizmning global tahdidi chorak asr ilgari kommunizmning qulashidan keyingi eng xavfli vaziyatdek tuyuladi", - dedi Pens.
U AQSh NATO oldidagi ittifoqdoshlik majburiyatlarini bajarish va "bir a'zoga (NATOning a'zosiga) hujum - hammaga hujum tamoyili bo‘yicha harakat qilish"ga tayyor ekanini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO yangi va eski raqiblarning paydo bo‘lishni inobatga olgan holda, "bugungi va ertangi kun tahdidlariga, ayniqsa terrorizm tahdidiga qarshi kurashish uchun" rivojlanishda davom etishi kerak.
Mavzuga oid
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
11:20 / 15.07.2026