Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi terakt vaqtida terrorchilarga qarshilik ko‘rsatgan ispan bedarak yo‘qoldi
El Pais nashrining yozishicha, Londonda yashovchi 39 yoshli madridlik Ignasio Echevarriyaning taqdiri 48 soatdan beri noma'lumligicha qolmoqda. Jurnalistlar Virxiniya Martines va Migel Gonsalesning ma'lum qilishlaricha, Echevarriyani so‘nggi marta Londonda terrorchilar hujum amalga oshirgan joylardan birida ko‘rganlar.
"Erkak yaqinlarining aytishicha, Echevarriya terakt vaqtida skeyt uchgani borgan bog‘dan qaytayotgan bo‘lgan. Boro bozori yaqinida u qandaydir erkak ayolga pichoq bilan hujum qilganini ko‘rib qolgan", deb aytilmoqda maqolada.
Nashr shuningdek erkak bilan birga bo‘lgan do‘stlarining so‘zlarini keltirib o‘tgan. Ularning aytishicha, u ayolga yordam bermoqchi bo‘lgan. "U bir zumda velosipeddan sakrab tushib, terrorchiga skeytbord bilan zarba berdi. Bu vaqtda qolgan ikki bosqinchi unga orqasidan hujum qilishdi va u yerga yiqilib tushdi", deb eslashgan voqeani ispanning do‘stlari. Shundan keyin Echevarriyani hech kim ko‘rmagan. "U ayolni qutqarish uchun bosqinchiga qarshilik ko‘rsatib, jasurlik ko‘rsatdi", deb aytmoqdalar erkakning yaqinlari.
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Alfonso Dastis o‘zining britaniyalik hamkasbi Boris Jonsondan "ispanning yaqinlari yanada xavotirlanishlari va aziyat chekishlariga yo‘l qo‘ymaslik" maqsadida teraktda halok bo‘lganlar shaxsini aniqlash jarayonini iloji boricha tezlatishni so‘ragan. Jonson jarayon sekin ketayotgani uchun uzr so‘ragan va shaxslarni aniqlashda xatoliklar sodir bo‘lmasligi uchun tegishli tartibotga amal qilish kerakligini aytgan. "Bayonnomalarga ko‘ra, Britaniya mas'ul idoralari Echevarriyaning barmoq izlari va DNKsini so‘rashgan, biroq uning Londonda yashovchi singlisiga jasadlarni ko‘zdan kechirib chiqishga ruxsat berishmagan", deb yozmoqda nashr. Erkakning singlisini shifoxonalarda bo‘lgan yaradorlar oldiga ham kiritishmagan.
Rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi yaralangan, ulardan 21 nafarining ahvoli juda og‘ir. Muxbirlarinng ma'lum qilishicha, yaradorlar orasida bir ispan bor va uning hayoti xavf ostida emas.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026