Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA bulutlarni qizil va yashil rangga bo‘yaydi
Amerikaning NASA kosmik agentligi noodatiy tajriba o‘tkazishga qaror qildi. Tashkilot xodimlari AQSh osmonidagi bulutlarni qizil va yashil rangga bo‘yaydi. Buning uchun 2017 yilning 11 iyunida Amerikaning Uollops kosmodromida maxsus kimyoviy moddalar bo‘lgan raketa ishga tushirildi.
Raketa taxminan 160 kilometrli balandlikka ko‘tariladi, so‘ngra samoviy kenglik bo‘yicha deyarli 304 kilogramm moddalarni purkab chiqadi va turfa rang bulutlarni hosil qiladi. Parvoz 8 daqiqacha davom etishi rejalashtirilgan.
Sun'iy bulutlar bariy, stronsiy va mis oksididan iborat bo‘ladi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu tajriba odamlar uchun xavf tug‘dirmaydi. Nyu-York qirg‘og‘idan Shimoliy Karolinagacha bo‘lgan hududda istiqomat qiluvchi amerikaliklar rangli osmonni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Manbaga ko‘ra, ekspertlar o‘z tajribalari davomida Yer ionosferasidagi zarrachalarning harakatlanishini o‘rganishni maqsad qilishgan.
Mavzuga oid
20:41 / 01.07.2026
NASA Oydagi birinchi doimiy baza qurilishiga yuz millionlab dollar sarmoya kiritdi
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
09:59 / 29.05.2026
Jyeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdi
08:05 / 05.05.2026