Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaxonlar AQSh HHK veterani hovlisidagi bayroqchalarni o‘g‘irlab ketishdi (video)
Olmaxonlar AQSh harbiy-havo kuchlari (HHK) veterani hovlisidagi bir necha kichik bayroqchalarni o‘g‘irlab ketishdi, deb yozadi UPI. Uy egasi bu yo‘qotishdan darg‘azab bo‘lgan va ularning qayerga g‘oyib bo‘lgani borasida o‘ylanib qolgan. Shunda qo‘shnisi olmaxonlarning "qilmishi" tasvirlangan videoni ko‘rsatgan.
Sobiq harbiy Jyennifer Nortemning qizi o‘g‘irlik inson tomonidan amalga oshirilmaganini bilgach, otasining ko‘ngli taskin topganini aytgan. "Nima deb o‘ylashni ham bilmay qoldik, chunki bu joyga endigina ko‘chib kelgandik", - deya izoh berdi u. Oila "o‘g‘rilarning qilmishi" ustidan kulgan.
Rolikni tasvirga olgan qo‘shnisi Devin Rivera-Dyukning so‘zlariga ko‘ra, olmaxonlar umumiy hisobda 10 ta bayroqchani o‘g‘irlib ketgan. Jonivorlar ulardan daraxt shoxlarida in qurishgan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026