Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyatni va o‘zaro iqtisodiy aloqalarni tiklashni muhokama qilishdi
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon muloqoti davomida Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni jangovar to‘qnashuvlardan xoli hududlarni yaratish kontekstida davom ettirishga kelishib oldilar. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.
Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Ostonada 4 ta uchrashuv o‘tkazildi. Bu uchrashuvlarning asosiy natijalari Suriyada jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibini kuzatish bo‘yicha qo‘shma tezkor guruh yaratish haqidagi nizom bo‘yicha kelishuvga erishish va kafil davlatlar – Rossiya, Turkiya va Eron tomondan Suriyada zo‘ravonlikni tugatish, uning hududiy yaxlitligi va birligini saqlab qolish hamda Suriya ixtilofini siyosiy yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan, Suriyada jangovar harakatlardan xoli hududlarni yaratish haqidagi memorandumning imzolanishi bo‘ldi.
Putin va Erdo‘g‘an, shuningdek, Moskva va Anqara o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni to‘liq tiklash bo‘yicha ishlarning muvaffaqiyatli borayotganini qayd qilib o‘tishdi.
"Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ba'zi masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Rossiya-Turkiya savdo-iqtisodiy aloqalarini to‘liq tiklash va "Turk oqimi" gaz quvuri loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlarning muvaffaqiyatli borayotgani qayd qilindi", deb aytilgan xabarda.
2 iyunda Rossiya hukumati pomidorlardan tashqari barcha turk mahsulotlari yetkazib berilishiga taqiqlovni bekor qildi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
18:11 / 12.06.2026