Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik teatr aktyorlari O‘zbekistonda malaka oshirdilar
2017 yil 5 iyun kuni O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi o‘zbek musiqali drama teatridan tashrif buyurib, malaka oshirayotgan 12 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Musiqali drama teatrining 12 nafar aktyor va texnik mutaxassisi joriy yilning 22 mayidan 5 iyunga qadar O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida o‘z malakalarini oshirdilar.

Ular 2 hafta davomida eng ilg‘or professorlar tomonidan aktyorlik mahorati, vokal texnikasi, saxna nutqi, plastika, ritmika, dramaturgiya kabi fanlardan o‘z bilimlarini oshirdilar.

Malaka oshirish jarayonida mexmonlar Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqiy teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Toxir va Zuxra”, “Layli va Majnun”, O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Andishali kelinchak”, "Diydor" teatr-studiyasida Baxodir Yuldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Yulduzli tunlar”, “Wise media” teatr-studiyasida “Birinchi bo‘sa” spektakllarini tomosha qildilar.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026