Sport | 12:11 / 07.06.2017
13316
1 daqiqa o‘qiladi

Obameyang dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanadi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang «PSJ»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Bild nashri bergan xabarga ko‘ra, fransuz klubi 27 yoshli hujumchi bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Bitimga ko‘ra, Obameyangning yillik maoshi 14 million yevroni tashkil qiladi.

Gabonlik futbolchining transfer summasi 70 million yevroga baholanmoqda. Agar Dortmund parijliklar hujumchisi Jan-Keven Ogyustenni o‘z safiga qo‘shib olsa, bu transfer summasi biroz qisqarishi mumkin.

Shu bilan birga «Borussiya» Obameyangga o‘rinbosar topish uchun undan ishlab topgan pulning barchasini sarflashni istamayapti.

Nemis klubi hozircha qiziqayotgan hujumchilari orasida «River Pleyt» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lukas Alario nomi e'tirof etilmoqda.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid