Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diqqat: Tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston ahli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqadi
2017-yilning 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14.00 dan 16.00 ga qadar tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistondagi va xorijdagi hamyurtlar bilan uchrashuv o‘tkazadi va ularning savollariga javob beradi. Bu haqida TIV saytida xabar berildi.
Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirda O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va bosh konsulxonalari rahbarlari ishtirok etadi.
Muloqot doirasida O‘zbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari qarshisida vatandoshlarimizning TIV faoliyati bilan bog‘liq dolzarb muammolari ko‘rib chiqiladi.
Tashqi ishlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari matn, audio va video ko‘rinishdagi savollarini Vazirning virtual qabulxonasiga, [email protected] rasmiy elektron manziliga, shuningdek, TIVning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi va “Telegram”dagi kanalga oldindan jo‘natishlari mumkin.
Shu o‘rinda ma'lum qilamizki, anonim xatlar, odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, mantiq va ma'nosi bo‘lmagan takliflar va boshqalar), murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Murojaatlar ushbu e'lon chop etilgan vaqtdan tadbir yakunlanganiga qadar – 2017 yilning 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 gacha qabul qilinadi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026