Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston maxsus xizmati o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan xudkush terrorchini qo‘lga oldi
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari xalqaro terrorchilik tashkilotiga aloqador bo‘lgan va o‘zini o‘zi portlatmoqchi bo‘lgan xudkush terrorchini qo‘lga olishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bergan.
«Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aksilterrorchilik tadbirlari davomida terrorchilik xurujini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan xalqaro terrorchilik tashkiloti a'zosi M.A.ni qo‘lga oldi. U terrorchilik tashkiloti rahbarlari ko‘rsatmasi bilan kishilar gavjum bo‘lgan yerda o‘zini portlatishi lozim bo‘lgan», - deya xabarni keltiradi RIA Novosti.
Maxsus xizmatlar ma'lumotiga ko‘ra, jinoyatchi «xudkush sifatida mina-portlatish va maxsus mafkuraviy tayyogarlikdan o‘tgan».
Ta'kidlanishicha, u qo‘lga olish paytida qo‘lbola portlovchi qurilmani yig‘ayotgan bo‘lgan. Uning uyidan qo‘lbola portlovchi qurilma tarkibiy qismlari, ekstremistik adabiyot va qurol-aslaha topilgan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026