Jamiyat | 19:16 / 08.06.2017
14390
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent IIBB: Shaharda firibgarlik jinoyatlari kamaymayapti

2017 yilning 1 iyun kunidan 8 iyun kuniga qadar Toshkent shahar IIBB tomonidan 16ta jinoyat fosh etildi. Shundan, 1ta bosqinchilik, 9ta o‘g‘irlik, 4ta firibgarlik,
1ta nomusga tegish, 1ta boshqa turdagi jinoyatni tashkil etgan. Bu haqda Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma'lum qildi. 

Shuningdek, yil boshidan 1011 nafar, hafta davomida 34 nafar  qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlangan. Bundan tashqari, yil boshidan 329 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida yil boshidan 248 nafari, hafta davomida esa 12 nafari aniqlanib yashash joylariga qaytarilgan. 

Shu bilan bir qatorda, 2017 yilning 5 oyi davomida barcha yo‘nalishlardagi jinoyatlar 9,29 foizga (584taga), jumladan, shaxsga qaratilgan jinoyatlar, ya'ni qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish hamda qasddan badanga tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar kamaygani bilan bir qatorda firibgarlik jinoyatlari 243 taga oshganligi kuzatildi.

Mavzuga oid