Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yo‘llarida YTHlar soni kamayishiga erishildi
Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida 1-7 iyun kunlari poytaxt yo‘llarida qayd etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan axborot berildi. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida hafta davomida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 20 ming 518ta, chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 7774ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Xususan, chorrahalardagi kameralar vositasida qayd etilgan qoidabuzarliklarning 4183tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish, 3591tasi tezlikni belgilangan me'yordan oshirishdir.
Hafta davomida 17 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, 1 kishi halok bo‘lib, 18 nafar fuqaro tan jarohati olgan. O‘tgan yilning shu davrida 42ta YTH sodir bo‘lib, 2 nafari halok bo‘lgan, 59 fuqaro tan jarohati olgan.

2017 yil 15 mart kuni kuzatuv kameralari joriy etilgandan so‘ng, yo‘l-transport hodisalari soni 264tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 126taga,
hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 nafarga (33 kishi halok bo‘lgan), tan jarohati olganlar soni 304 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 162 kishiga kamaygan.
Mavzuga oid
16:40
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
12:22
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
12:11 / 15.05.2026
Hokimiyat shafeligida qurilgan uylar bitmay turib buziladigan bo‘ldi. Hokimga ishonganlar holi ne kechadi?
20:31 / 13.05.2026