Toshkent poliklinikalari tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsata boshlaydi
Toshkent shahrining tuman markaziy ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalari tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan mobil, diagnostika va davolash standartlariga muvofiq yaxshi jihozlangan tez tibbiy yordam kichik stansiyasidan foydalangan holda, shifoxonaga yotqizishdan oldingi tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 6 iyun kungi qarorida aytiladi.
Toshkent shahri hokimligi profilaktika va patronaj ishlarini hamda biriktirilgan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash uchun har bir oilaviy poliklinikani va tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarini ikkita maxsus avtomobil bilan ta'minlaydi.
Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalar rahbarlari va mutaxassislarining biriktirilgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholisi oldida, tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislarining xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalarida har chorakda hisobot beradi.
2017-2018 yillar yakunlari bo‘yicha maxsus komissiya to‘plangan ijobiy tajribani respublikaning boshqa shaharlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida aniq takliflar kiritishi mumkin.
Mavzuga oid
18:02
Lisenziyasiz faoliyat, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024
Poytaxt IIBB Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
23:26 / 18.12.2024