Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarni malakali tibbiyot kadrlari bilan to‘ldirishga uch oy muddat berildi
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahrining tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari va oilaviy poliklinikalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning to‘liqligi va sifatini reyting baholash tartibi to‘g‘risidagi, tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash natijalari asosida ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini o‘z ichiga oladigan Nizom loyihasini ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, unda ushbu tizimning 2017 yilning 1 oktabridan boshlab amaliyotga kiritilishi nazarda tutiladi;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahrining oilaviy va tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari shtat normativlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
uch oy muddatda Toshkent shahrining oilaviy va tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarini o‘z kasbiga sodiq va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini sifatli darajada ta'minlashga qodir bo‘lgan malakali tibbiyot kadrlari bilan to‘ldirish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish shtatdagi xodimlarning amaldagi umumiy soni hamda 2017 yilda Toshkent shahrining oilaviy va tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarini saqlab turishga ajratilgan byudjyet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026