Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamenti Qatardagi bazada harbiylarni joylashtirishni ma'qulladi
Turkiya parlamenti Qatardagi bazada turk harbiylarini joylashtirishga ruxsat berish va bu mamlakatda jandarmeriyaga o‘rgatishda hamkorlik qilish haqidagi qarorni qabul qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.
Avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vazirligi vakili RIA "Novosti" axborot agentligiga Anqara va Dohaning Qatarda turk bazasini tashkil etish istagini tasdiqlagandi.
Ta'kidlanishicha, Qatarda turk harbiylarining joylashtirilishi 2015 yilda imzolangan ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi kelishuvi va jandarmeriyaga o‘qitishga mos ravishda amalga oshiriladi.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishlarini ma'lum qilishgan. Ularga keyinroq Yaman, Liviyaning muvaqqat hukumati, Maldiv, Mavrikiy va Komor orollari ham qo‘shildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uning davlati Qatarning yakkalatilishini qo‘llab-quvvatlamasligini va u bilan hamkorlikni rivojlantirishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
17:52 / 14.07.2026