Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron politsiyasi terrorchilarning parlamentga hujum yozuvini oshkor etdi
Eron politsiyasi parlament majlislar zalidagi kuzatuv kameralari orqali yozib olingan kadrlarni e'lon qildi. Unda binoning terrorchilar tomonidan egallanish lahzalari aks etgan.
Bir guruh qurollangan shaxslar ishtirokida 7 iyun kuni Eron Islom Respublikasi parlamentida otishma yuz bergan edi. Taxminan shu vaqtda imom Xumayniy maqbarasiga kelgan ziyoratchilarga ham hujum uyushtirilgandi. Qo‘shaloq terakt natijasida 17 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ziyod kishi yaralandi.
Xavfsizlik kuchlari maxsus operatsiyasi davomida jangarilardan besh nafari xavfsizlantirilgan, deb xabar beradi «Rossiya 24» telekanli. Reuters agentligining Eron Islom Respublikasi ichki ishlar vazirligiga tayanib tarqatgan ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan terrorchilarning barchasi asl eronliklar bo‘lib, ular IShID terrorchilik guruhiga sodiqlik uchun qasam ichishgan. Bu jangarilar bir necha yil davmida Raqqa va Mo‘sulda terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishgan va 2016 yilda Eronga qaytishgan.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025