Gutterish: ShHT dunyo markazlaridan biriga aylanmoqda
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
Davlat rahbari BMT bosh kotibiga ShHT davlat rahbarlari Kengashi ishida qatnashayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. «ShHT tarixida ilk marotaba BMT bosh kotibi uning ishida qatnashmoqda. Sizning ishtirokingiz tarixiy lahzalar – Hindiston va Pokistonning tashkilotga qabul qilinishiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan tashkilot faqat mintaqa doirasida bo‘lmagan haqiqiy siyosiy kuchga aylanmoqda», - Nazarboyev.
Davlat rahbarining qayd etishicha, Qozog‘iston har doim BMT faoliyati prinsiplari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan. «Bilasizki, Qozog‘iston yadro quroliga qarshi harakat yetakchisi hisoblanadi va 29 avgust BMT tomonidan yadro sinovlariga qarshi kun sifatida e'lon qilingan. Qozog‘istonning yadro qurolisiz va global xavfsizlik uchun mukofoti ta'sis etilgan. Ushbu xalqaro mukofotga birinchi bo‘lib Iordaniya podshohi Abdulloh II munosib ko‘rildi», - degan Qozog‘iston rahbari.
BMT bosh kotibi Guterrish Nazarboyevni ShHT sammitini o‘tkazayotgani va unga ikki yangi a'zo qabul qilinayotgani bilan qutladi. «Bugun men ShHT asta-sekinlik bilan dunyo intilayotgan markazlardan biriga aylanayotganini his qilgan holda bu yerga keldim. Bu tashkilot, fikrimcha, bugungi kun dunyo sahnasida muhim poydevorlardan biridir. O‘ylaymanki, Hindiston va Pokiston mazkur tashkilot doirasida amaliy muloqot qilishga qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi» , - degan Antoniu Guterrish.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024