Xitoyda yaratilgan jangovar mashina suvda yurish bo‘yicha tezlik rekordini o‘rnatdi
Xitoylik muhandislar quruqlikda ham, suvda ham bir xilda tez harakatlanuvchi jangovar mashina yaratish ustida ish olib bormoqdalar. Xitoyning avtomobil ishlanmalari instituti ham suvda, ham quruqlikda yuruvchi yangi zirhli jangovar transport mashinasi (BTR) prototipini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Warspot nashri.
BTR suvda sinovdan o‘tkazilganda 50 km/soat tezlikka erisha oldi, bu esa bunday sinfdagi mashinalar uchun rekord tezlik hisoblanadi. Avvalgi rekordchi AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi uchun yaratilgan Expeditionary Fighting Vehicle mashinasi hisoblangan.
Xitoy mashinasi bunday katta tezlikka suv otuvchi ildamlatgichlar, V-simon tubi va har qanday qarshilikni kamaytirish uchun g‘ildiraklarni "tortish" tizimi evaziga erishdi. Mashina og‘irligi 5,5 tonna keladi va bor-yo‘g‘i 4 ta g‘ildirakka ega. Vaholanki bunday o‘lchamdagi BTRlar odatda 6 yoki 8 ta g‘ildirak bilan jihozlanadi.
Muhandislarning aytishicha, sinov vaqtida mashina maksimal yengillashtirilgan. Shu sababli BTRga qurol-aslaha va qo‘shimcha zirh qo‘shiladigan bo‘lsa, uning tezligi pasayishi mumkin, biroq shunda ham 20-30 km/soat dan kam bo‘lmaydi. Bu esa zamonaviy amfibiya BTRlar tezligiga nisbatan 2-3 barobar ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023