Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:39 / 10.06.2017
10596
1 daqiqa o‘qiladi
CNN Trampni AQSh uchun isnod deb atagan boshlovchini ishdan haydadi
Foto: Getty Images
CNN telekanali AQSh prezidenti Donald Trampni Amerika uchun isnod, deb atagan boshlovchi Rizo Aslanni ishdan bo‘shatdi, deb xabar bermoqda New York Times.
Telekanal vakilining ma'lum qilishicha, CNN Aslan bilan boshqa hamkorlik qilish niyatida emas.
Avvalroq CNN’dagi an'anaviy yangi yil shousi boshlovchisi, komediya janridagi ijodkor Keti Griffin AQSh prezidenti Donald Trampga o‘xshash niqobning qonga bo‘yalgan holdagi fotosurati sabab ishidan ayrilgandi.
Kanal rahbariyati tasvirni hakoratli, deb hisoblagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish