Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Top Gear ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Shveytsariyada avtofalokatga uchradi
Buyuk Britaniyada efirga uzatiluvchi, avtomobillar haqidagi Top Gear ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Richard Xammond Shveytsariyaning Sankt-Gallen kantonida yuz bergan avtofalokatdan keyin shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda 20 Minuten portali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Xammond boshlovchilik qiluvchi The Grand Tour teleshousida ishtirok etgan Rimac Concept One sportkari yo‘ldan chiqib ketib, yonib ketgan. Boshlovchi shifoxonaga vertolyotda yetkazilgan.
Top Gear’ning boshqa bir sobiq boshlovchisi Jyeremi Klarkson tvitterda Xammondning yo‘l-transport hodisasiga uchraganini tasdiqlagan.
"Bu men ko‘rgan eng katta va eng dahshatli avariya bo‘ldi. Xayriyatki, Richardga hech narsa qilmagan ko‘rinadi", deb yozgan Klarkson.
2006 yil 20 sentabrda ham Xammond Top Gear ko‘rsatuvini York yonidagi Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlarining sobiq aerodromida suratga olish vaqtida yuz bergan avariyada jiddiy jarohat olgandi. Avariya vaqtida u mashinada 464 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lgan. Boshlovchi davolangandan keyin teleshoudagi faoliyatini yana davom ettiravergan.
Mavzuga oid
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026