AQSh harbiy-havo kuchlari Somalidagi "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi pozitsiyalariga zarba berdi
AQSh harbiy-havo kuchlari Somalida AQSh missiyasining vakolatlari kengaytirilishi doirasida bu yerda harakat qiluvchi "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda AVS telekanali xabar bergan.
Mart oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Afrika ittifoqining Somalidagi jangovar operatsiyalarini va Somali xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Ash-Shabob" jangarilariga qarshi kurashuvchi qo‘shinlar vakolatlarini kengaytirgandi.
"11 iyunda mudofaa vazirligi Somalida "Ash-Shabob"ga qarshi operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya Mogadishodan janubi-g‘arbiy tomonda taxminan 300 km uzoqlikda o‘tkazildi", deb aytildi Pentagon xabarida.
Ta'kidlanishicha, zarbadan maqsad Sakou shahri yaqinidagi terrorchilar mashg‘ulot lagerini nishonga olish bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, zarba natijasida guruhning qo‘mondonlik punkti va ombori yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
22:07
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15