Bremenda muhojirlar markazida kuchli yong‘in chiqdi
11 iyun kuni ertalab Germaniyaning Bremen shahridagi muhojirlarni joylashtirish markazida yong‘in chiqdi. Bu vaqtda markazda 100 dan ko‘proq muhojir bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in bino yorto‘lasidagi chiqindilar bakida vujudga kelgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Bu orada markazdagi yong‘in videosi paydo bo‘ldi. Videodagi lavhalardan voqea joyida politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar ish olib borayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, videoda yong‘in tufayli ko‘chada qolgan o‘nlab muhojirlarni ko‘rish mumkin.
Joriy aprel oyida Fransiyadagi muhojirlar uchun namunali lager qochqinlar tomondan yoqib yuborilgan. Markazdan odamlarni evakuatsiya qilish vaqtida 500 ga yaqin muhojir noma'lum tomonga qochib ketgan.