Jamiyat | 19:19 / 12.06.2017
10250
2 daqiqa o‘qiladi

Gaz idorasining firibgar nazoratchisi ushlandi

Illyustrativ foto

Romitan tumani, Qahramon qishlog‘ida yashovchi, M.Sayfullayevaning yozgan arizasi bo‘yicha olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari davomida Romitan tumani, Mug‘oncha MFY, Arabxona qishlog‘ida yashovchi, “Romitangaz” filiali nazoratchisi M.Bozorov M.Sayfullayevaning ishonchiga kirib, tabiiy gazdan bo‘lgan 1500.000 so‘m qarzi borligini aytib, qarzdorligini 725.000 so‘m evaziga to‘lab berishni va'da qilgan, deb xabar bermoqda Buxoro IIB. 

U undan ushbu pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ularni Romitan tumani Pochta aloqa tarmog‘i kasanachisi M.Madiyeva bilan birgalikda rasman kassaga kirim qilmasdan soxta kirim kassa orderini tuzib, rasmiy xujjatlarni soxtalashtirganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan M.Bozorov va M.Madiyevalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va  228-moddasi 1-qismlari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Muqaddam, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168, 228 va 28-211 moddalari bilan bir necha marotaba sudlangan  Nigora Murodova ham o‘zining qing‘ir ishlarini yana davom ettirib, tuzalish yo‘liga o‘tmasdan jinoyatning boshi berk ko‘chalariga takror kirishni lozim topdi. 

Buxoro tumani, Rabotiqalmoq MFY, Ko‘chkisafet qishlog‘ida yashovchi fuqarolar U.Asdonov va G.Azimovalarning ishonchiga kirib,  tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorliklarini «Buxoro tuman gaz» ta'minoti kompyuter bazasidan vakolatli tanishlari orqali to‘liq qoplanganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma tayyorlab berishini va'da qilgan holda ulardan 4.600.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi aniqlandi. 

Mavzuga oid