Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivanka Tramp: "Otamga bu darajada salbiy munosabatda bo‘lishlarini kutmagandim"
AQSh prezidentining katta qizi va maslahatchisi Ivanka Trampning ma'lum qilishicha, otasi Donald Tramp hamda uning ma'muriyatiga nisbatan bu darajada salbiy munosabatda bo‘lishlarini kutmagan ekan.
"Men kishilar bu darajada salbiy munosabatda bo‘lishini kutmagandim... Biroq, yengil bo‘lishi mumkin ham emasdi", - deya javob berdi Ivanka Tramp "Fox & Friends" teleko‘rsatuvi boshlovchisining hozirgi vaziyatda siyosiy rejalarni amalga oshirish qiyinmi, degan savoliga javob berarkan.
"Mening otam va uning ma'muriyati yangicha uslub bilan harakat qilishni mo‘ljallagan... Biz mavjud vaziyatni o‘zgartirishni rejalashtirmoqdamiz", - deya qo‘shimcha qildi Ivanka.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, ba'zi holatlarda ro‘y berayotgan narsalarning “yovvoyiligidan hayratga tushgan”.
Tramp o‘ziga salbiy munosabatda bo‘lgan New York Times nashri hamda CNN telekanaliga Twitter’da doimiy ravishda ayblovlar yog‘diradi. Aksincha, respublikachilarga ijobiy fikrda bo‘lgan Fox News telekanalini esa maqtaydi.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026