Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar aholisi arab mamlakatlari cheklovlariga qarshilik bildirmoqda
Qatar aholisi o‘z avtomobillari derazalari ostiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad At-Taniylarning portretlari aks etgan posterlarni joylab, qator arab mamlakatlarining Dohaga nisbatan cheklovlariga qarshi aksiya o‘tkazmoqda. Bu haqida "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Bunday posterlarni Doha ko‘chalaridagi deyarli barcha avtomobillarda ko‘rish mumkin. Posterlarga bo‘lgan talabning kattaligi bois Doha bosmaxonalari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

Foto: Anadolu
Mazkur posterlarda quyidagi mazmundagi yozuvlar bor: "Biz Vatan uchun hammasiga tayyormiz!", "Sen hisoblashib bo‘lding, endi xotirjam yasha, Qatar!"
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham bunday posterlar bilan faol bo‘lishishmoqda.

Foto: Anadolu
Mavzuga oid
10:06 / 25.04.2026
Dunyo bo‘ylab maktablarda telefon cheklovlari keskin oshdi
11:29 / 23.04.2026
O‘zbekistonda aholi asosan qaysi sohalarda ishlaydi?
08:44 / 11.04.2026
Fuqarolardan varrak uchirishda cheklovlarga rioya qilish so‘raldi
08:04 / 04.04.2026