Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviya bosh prokuraturasi Saif al-Islom Kaddafiy hibsga olinishi kerak deb hisoblamoqda
Liviya bosh prokuraturasi Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Kaddafiyning o‘g‘li Saif al-Islomning ozodlikka chiqarilishini qonunga xilof deb hisoblamoqda, chunki u sudlangan hamda hibsga olinishi va sud oldida javob berishi kerak. Bu haqda mamlakat bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Ibrohim Mas'ud bayonotida aytildi.
"Saif al-Islom Kaddafiy sirtdan sudlangan, shu sababli u qidiruvda bo‘lib, unga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha sud oldida javob berishi kerak. Amnistiya qilish huquqi sud tizimigagina tegishli. Prokuratura Kaddafiy o‘g‘lining ozod qilinishi holatini tergov qilishni boshladi va tegishli qonuniy choralar ko‘radi hamda sud idoralari hukmining ijro etilishiga qarshilik qilayotganlarni javobgarlikka tortadi", deb ta'kidlab o‘tildi bosh prokuratura bayonotida.
Saif al-Islom Kaddafiy 2011 yilda Zinton shahridagi ayirmachilar brigadasi tomondan Niger tomon qochayotganda hibsga olingandi. U shu vaqtgacha Zintonni nazorat qiluvchi guruhlardan biri "Abu Bakr as-Siddiq brigadasi" tomondan qamoqda ushlab turilgan. Tripoli hakamlik sudi unga 2015 yil iyunda "Liviya xalqiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar" ayblovi bilan sirtdan o‘lim jazosi tayinlagan. Biroq zintonliklar Kaddafiy tuzumi ag‘darilgandan keyin adovatlashib yurgan poytaxtdagi hukumatga Saif al-Islomni berishni qat'iyan rad etganlar.
10 iyunda zintonliklar Saif al-Islom 9 iyunda umumiy amnistiya qonuni bilan ozod qilinganini e'lon qilishdi. Ma'lum qilinishicha, Saif al-Islom ozod qilingandan keyin Liviyaning sharqidagi Al-Bayda shahriga yo‘l olgan.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025