O‘zbekiston | 16:20 / 12.06.2017
4923
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda Polsha delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Polsha hukumatining xorijdagi polyaklar bo‘yicha vakili, senator Anna Maria Anders boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Polsha delegatsiyasi O‘zbekistonga turli shakllardagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston hududida dafn etilgan Polsha generali V.Anders armiyasi askarlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun kelgan.

TIVdagi uchrashuvda O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining hozirgi holati, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirish nuqtai-nazaridan muhokama qilindi.

Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Polsha Elchisi Pyotr Ivashkevich ishtirok etdi.

Mavzuga oid