Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti muxolifatni terrorchi bolalarni tayyorlashda aybladi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, muxolifat bolalarni terrorchilik guruhlari uchun mashq qildirmoqda. Davlat rahbari o‘z raqiblariga ta'sir ko‘rsatish maqsadida Rim papasi Frantsiskka murojaat qilmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
- Men Frantsiskka murojaat qilmoqchiman. U bizga zo‘ravonlikni to‘xtatishda yordam berishi lozim, - deya ma'lum qildi Maduro milliy televideniyeda chiqish qilib.
Vatinkanga yordam so‘rab mojaroda qatnashayotgan har ikki tomon murojaat qilgan, biroq katolik cherkov vakillari bilan muzokaralar o‘tgan yilning kuzida hech qanday natija keltirmadi.
Shu bilan birga, venesuelalik diniy hamjamiyat vakillari muxolifatni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ularning fikricha, Maduroni saylovlardan so‘ng konstitutsiyani qayta yozish borasidagi rejalari hukumatni o‘z qo‘liga to‘plashga qaratilgan harakatdir.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026