Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan bog‘liq vaziyatni “omon qolish masalasi” deb atadi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Yaponiya bosh vazirining maxsus vakili - Tosixiro Nikai bilan uchrashuv davomida Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish “omon qolish masalasi” ekanini bildirdi.
"KXDRni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish dunyo va shimoli-sharqiy Osiyoda tinchlikni ta'minlashda muhim, biroq Janubiy Koreya uchun – bu omon qolish masalasidir", - deya Janubiy Koreya prezidenti so‘zlarini keltiradi Ryonxap agentligi.
Prezident ma'muriyati ma'lumotlariga ko‘ra, Tosixiro Nikai Mun Chje Inga Sindzo Abedan maktubni topshirgan, unda Yaponiya bosh vaziri KXDRga bosim o‘tkazish va Pxenyanga nisbatan sanksiya rejimini, to KXDR o‘z yadro dasturidan butunlay voz kechmaguniga qadar ushlab turish muhim bo‘lib qolishini ta'kidlab o‘tdi.
"Prezident Munning ma'lum qilishicha, KXDRni muzokaralar stoliga ushbu davlatni yadro qurolidan xoli hududga aylantirishgacha muhim, sababi faqatgina sanksiyalar va bosim o‘tkazish bilan masala hal bo‘lmaydi", - deya ma'lum qildi prezident vakili Pak Su Xyon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya rahbarining fikricha, “sanksiya va bosimni saqlab qolish kerak, biroq, shu bilan birga, KXDR yadro qurolidan voz kechishi bilan unga yordam berishlari borasida murojaat yo‘llash darkor”.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026