Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoni ilk marta turfa ranglarda ko‘rgan kishi ko‘z yoshlarini tiya olmadi (video)
Uzoq yillar davomida daltonizmdan aziyat chekkan Kris Smeltser ismli 50 yoshli amerikalik kishiga dunyoni turli ranglarda ko‘rish imkonini beruvchi maxsus ko‘zoynak sovg‘a qilishdi. Yaqinlari uning atrofdagi ranglarga reaksiyasini videoga muhrlashdi.
"Voy Xudoyim", - deydi u ko‘zoynakni taqishi bilan. Shundan so‘ng qo‘llarini, atrofni diqqat bilan o‘rgana boshlaydi.
"Havorang jinsi shim, to‘g‘rimi?", - deya so‘raydi u oyoqlariga qarab.
Video so‘nggida Smeltser daraxtlarga tikilib turadi va ko‘z yoshlarini tiyib tura olmaydi. "Bu ajoyib! Aqlga sig‘maydi. Rahmat sizlarga", - deydi u.
Rolikni taqdim etgan Delayla Smeltser video ostidagi izohda "Kris shu qadar his-tuyg‘ularga to‘lib ketdiki, bor ko‘z yoshini to‘kib oldi" deb yozdi.
Mavzuga oid
17:53
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50