Sport | 22:26 / 14.06.2017
8821
2 daqiqa o‘qiladi

4 futbolchi sotib olgan «Milan» beshinchisi uchun harakat olib bormoqda

«Fiorentina» hujumchisi Nikola Kalinich «Milan» klubi nishonida turibdi.

«Binafshalar» ushbu futbolchi uchun 30-35 mln yevro so‘ramoqda, biroq milanliklar narxning pasaytirilishiga erishmoqchi.

La Nazione xabariga ko‘ra, «Milan» rahbariyati futbolchi uchun Gabriel Paletta va Janluka Lapadulani qo‘shib bermoqchi va 8-10 mln yevro mablag‘ to‘lashni ko‘zlagan.

Kalinichning o‘zi milanliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgani aytilmoqda.

Bu transfer haqidagi xabarlar fonida jamoani asosiy hujumchi Karlos Bakka tark etish taraddudida. 

Karlos Bakkaning «Milan» bilan imzolagan shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi. Uning transfer narxi 30 mln yevroga teng.

Ayni paytda Bakka bilan «Marsel» klubi qiziqmoqda. Provansalliklar 30 yoshli futbolchiga 4 mln yevro maosh berishga tayyor. Kolumbiyalik hujumchi Ispaniya chempionatiga qaytishni istamoqda.

Qayd etish kerakki, yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgan «Milan» shu vaqtgacha 4 transferni rasmiylashtirdi: «Vilyarreal»dan himoyachi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanch yarim himoyachisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyachi Rikardo Rodriges va «Portu»dan hujumchi Andre Silva sotib olingan.

Mavzuga oid