Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobodda 4,5 mln so‘mlik uyali aloqa telefon apparatini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Foto: Toshkent shahar IIBB
2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 08:30 larda muqaddam sudlangan Ma'mur Muxamedaliyevich Yuldashev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida fuqaro Dilfuza To‘rayevaning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib) ko‘ylagi cho‘ntagidan bahosi 4.500.000 so‘mlik «IPhone-6» rusumli uyali aloqa telefon apparatini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, ushbu hududda xizmatni olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik, ya'ni jabrlanuvchinig kiyimidan mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (kissavurlik) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Yuldashevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
12:02 / 22.10.2025
Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi
15:08 / 20.10.2025