Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident ertaga navbatdagi videoselektorni o‘tkazadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, muqaddas dinimiz sofligini asrash davr talabi” mavzusida videoselektor o‘tkaziladi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, yig‘ilish 15 iyun kuni soat 8:00da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan yig‘ilishga tuman va shahar hokimlari, yoshlar va xotin-qizlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlar, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, xalq ta'limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari, banklar, ma'naviyat-targ‘ibot markazlari rahbarlari, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Kamolot” YoIH raislari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari va umumta'lim maktablari direktorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, ularning diniy-ma'rifat va ma'naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari taklif etilgan.
Mavzuga oid
18:26 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:49 / 18.06.2026