Shimoliy Koreya 15 yillik qamoqqa hukm qilingan amerikalik talabani ozod qildi
Shimoliy Koreya hukumati 15 yilga qamalgan talaba Otto Vombiyerni ozod etdi. 22 yoshli amerikalik 17 oy qamoqda o‘tirdi, u ayni damda komada ekani aytilmoqda. Uning ozod etilgani to‘g‘risida AQSh davlat kotibi Reks Tillerson xabar berdi.
Vombiyer qo‘lga olish chog‘ida. Foto AP
Tillersonning ta'kidlashicha, Davlat departamenti Shimoliy Koreya hukumati bilan muzokaralar davomida amerikalikni ozod etish haqida kelishib olgan. Bundan tashqari, Amerika hukumati KXDR bilan qamoqda qolayotgan yana uch fuqaro borasida bir qarorga kelmoqchi.
Vombiyer ota-onasining The Washington Post’ga aytishlaricha, talaba koma holatida. U Yaponiyadagi AQSh harbiy bazasidan Ohayo shtatidagi Tsintsinnati shahriga olib ketiladi. Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari Ottoning ota-onasiga u botulizmga chalingani va uxlatuvchi dori qabul qilganidan so‘ng komaga tushganini aytishgan.
“Bizning o‘g‘limiz uyga qaytmoqda. Hozirda bunga xuddi u avtofalokatga yo‘liqqandek munosabatdamiz. Bugunning o‘zida o‘g‘limizni ko‘ramiz”, - deydi talabaning otasi Fred Vombiyer.
Amerika OAV amerikalik talabaning ozod etilishini sobiq basketbolchi Dennis Rodmanning KXDRga tashrif bilan bog‘lagan. U bu davlatga xususiy shaxs sifatida keldi, biroq «Tramp, ehtimol, men bu yerda har ikkimizga kerakli bo‘lgan natijaga erishishga harakat qilayotganimdan xursand bo‘lsa kerak» deya ma'lum qildi. Bu Rodmanning KXDRga beshinchi tashrifi.
Ma'lumot uchun, 2016 yilning martida Vombiyer Shimoliy Koreya mehmonxonalaridan biridagi tashviqot plakatini yulib tashlagani uchun 15 yilga qamalgandi. Amerikalik sudda o‘z aybini to‘la tan oldi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024