Jahon | 01:06 / 15.06.2017
8470
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh senati Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini ma'qulladi

Foto: Fotolia / W.Scott

AQSh senati ko‘pchilik ovoz bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini ma'qulladi.

Yangi choralar Eronga nisbatan sanksiyalar qo‘llash qonun loyihasiga tuzatmalar ko‘rinishida taqdim etilgan. Hujjatda AQSh prezidenti Donald Trampga kongress roziligisiz qabul qilingan choralarni yumshatish yoki bekor qilishga imkon bermaydigan band bor.

Taklif qilinayotgan sanksiyalar Rossiya banklari moliyalashtirilishi maksimal muddatini 14 kungacha, neft-gaz tarmog‘i kompaniyalari moliyalashtirilishi maksimal muddatini esa 30 kungacha qisqartirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, tuzatmalar kiritilgach 180 kun o‘tib AQSh moliya vazirligi kongressga Rossiyaning suveren qarziga sanksiyalar qo‘llanishi olib kelgan oqibatlar haqida hisobot taqdim qilishi zarur.

Endi qonun loyihasi kongressning vakillar palatasiga ko‘rib chiqishga beriladi va agar u yerda ma'qullansa, prezidentga imzolashga jo‘natiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid