Sport | 14:18 / 15.06.2017
10528
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyalik yosh futbolchi «Real» va «Chelsi» takliflarini rad etdi

Madridning «Real» va Londonning «Chelsi» klublari «Hamburg»ning 17 yoshli hujumchisi Yan-Fit Arpga qiziqish bildirmoqda.

Bild nashri ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi bu klublarning takliflarini rad etgan va klubida qolish istagini bildirgan. Arp «Hamburg»da o‘ziga ko‘proq o‘ynash imkoniyati berilishiga ishonch bildirmoqda. Bundan tashqari, futbolchi keyingi mavsumda maktabni bitiruv imtihonlaridan o‘tishi kerak.

Yaqin kunlar ichida Arp klubi bilan shartnomasini 2019 yil yoziga qadar uzaytirishi kutilmoqda.

Yakunlangan mavsumda «Hamburg» Germaniya chempionatida 14-o‘rinni egalladi.

Yan-Fit Arp Germaniya o‘smirlar terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid