Jamiyat | 12:38 / 15.06.2017
19288
1 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohurda tibbiyot kollejining uch nafar talabasi shifoxonaga yotqizildi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yong‘in yuz berdi.

Poytaxt IIBBning xabar berishicha, 2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 13:40larda, Shayxontohur tumanidagi tibbiyot kollejining bir guruh o‘quvchilari ehtiyotsizliklari oqibatida, tug‘ilgan kunni nishonlash jarayonida yonib turgan shamlar bilan gaz (geliy) to‘ldirilgan sharlar tutashib yong‘in kelib chiqqan va uch nafar kollej talabalari turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

“Havo sharlari bilan o‘ynamaslikni va ulardan foydalanmaslikni so‘raymiz”, - deyiladi IIBB xabarida.

Mavzuga oid