14 iyun kuni Xalqaro Press-klubda “Özbekneftgaz: yangi davrga yangi strategiya bilan” mavzusidagi navbatdagi sessiya bölib ötdi. Sessiya davomida Özbekistondagi neft va gaz sohasidagi mavjud vaziyat hamda sohaning istiqbollari, şuningdek yangi loyihalar muhokama qilindi.

Bizga sir emaski, mamlakatimizning çekka hududlarida yoqilği taqçilligi holati mavjud. Bunga Kun.uz saytining muxbirlari ham viloyatlarga uyuştirilgan safarlarda guvoh bölişdi. Yoqilği sotiş şoxobçalarida  benzin çeklangan miqdorda böladi. Benzin tamom bölgaç, mijozlar yoqilği izlab sarson bölişadi. 

Bu kabi holatlarga qaçon çek qöyilişi barçani qiziqtirişi tabiiy, albatta.   

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida iştirok etgan Kun.uz muxbiri yuqorida qayd etilgan masala böyiça mutasaddi taşkilot vakiliga murojaat qilib, kerakli javobni oldi. 

"Hozirda barça viloyat hokimligi yoki mahalliy tuman hokimliklarida grafik joriy qilingan. Endilikda neft importini kamaytiriş va özimizda işlab çiqarilayotgan xom-aşyodan ekologik yoqilğiga ötiş siyosati amalga oşiriladi. Ayni damda viloyatlarda 90 foiz avtotransport vositalari gazga ötgan. Şuningdek, hozirda Özbekistonda işlab çiqarilayotgan avtomobillar ham gaz örnatişga moslangan", - deya javob berdi "Özneftmahsulot" kompaniyasining boşqaruv raisi Muzaffar Fayziyev.
 
Olib borilgan tahlillar şuni körsatadiki, xususiy yoqilği şoxobçalari belgilangan miqdorda va öz vaqtida benzinlarni sotsa, yoqilği barçaga yetadi. Biroq ularning ayrimlari köproq daromad oliş maqsadida, yoqilğini "olib-sotar"larga tarqatadi. Bu kabi vaziyatlar hamda şoxobçalarda yuzaga keluvçi navbatlar nazorati esa Özneftgaz inspeksiyasining vakolatiga kiradi.

"Şuningdek, yaqin kelajakda aholining yoqilğidan gazga ötişini ta'minlaş uçun gaz narxini 5 yil içida  oşirmaslik böyiça yangi dastur loyihasi örganilmoqda. Bu esa öz navbatida yoqilği şoxobçalaridagi tirbandlik, benzinning köçalarda "norasmiy" sotilişini oldini oladi hamda özimizda işlab çiqarilayotgan mahsulotdan oqilona foydalanişga imkon beradi", - deya qöşimça qildi Muzaffar Fayziyev.  

Ma'lumot örnida: Hozirda Özbekiston uç mamlakat - Rossiya, Qozoğiston hamda Turkmanistondan neft sotib oladi.